Tasdiqlangan
Bosh Direktor
«Prime Kontent» MChJ
«AvtoOlam» portalidan foydalanish to`g`risidagi
OMMAVIY OFERTA
«AvtoOlam» portalidan
foydalanish to`g`risidagi ushbu ommaviy oferta (keyingi o`rinlarda
"Oferta" deb yuritiladi) «AvtoOlam» portalidan foydalanish bilan
bo`g`liq bo`lgan hisob-kitob xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi
Shartnomaning (keyingi o`rinlarda Xizmat ko`rsatish to`g`risidagi
shartnoma" va/yoki "Shartnoma" deb yuritiladi) tuzilishi
shartlarini o`z ichiga oladi. Ushbu Ofertada ko`rsatilgan harakatlarning amalga
oshirilishi jismoniy shaxsning ushbu Ofertada ko`rsatilgan tartib, hajm va
shartlarga muvofiq tarzda Shartnomani tuzishga roziligini tasdiqlanaydi.
Quyidagi keltirilgan Oferta
matni "Prime Kontent" MChJning rasmiy ommaviy taklifi bo`lib,
"foydalanuvchi" mezonlariga javob beradigan jismoniy shaxslarga,
O`zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-bandiga muvofiq
xizmat ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzishga qaratilgan. Jismoniy shaxs
tomonidan ushbu Ofertada nazarda tutilgan va jismoniy shaxs tomonidan ushbu
Ofertaning barcha shartlarining hech qanday cheklovlarsiz to`liq va so`zsiz
qabul qilinishini anglatuvchi Ofertaning aksepti bo`yicha harakatlar amalga
oshirilishi bilan Xizmat ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzilgan
hisoblanadi va kuchga kiradi.
Foydalanuvchining «AvtoOlam»
portalidan foydalanishi Servis Operatori tomonidan (umumiy olganda)
foydalanuvchi jismoniy shaxs bo`lib Servisga obuna bo`lish uchun O`zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli huquqiy
imkoniyatlarga ega ekanligi so`zsiz tasdiq (prezumpsiya) o`rnida hisoblanadi,
shuningdek Foydalanuvchi ushbu Ofertaning barcha shartlarini mustaqil ravishda
o`qigan va tushungani, ularga hech qanday e`tiroz bildirmasligi, ularga rioya
qilishga rozi ekanligi, shuningdek «AvtoOlam» portalidan foydalanganda,
O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining barcha normalariga rioya
qilish majburiyatlarini o`z zimmasiga olishini bildiradi. Foydalanuvchi Servis
Operatori ushbu xatboshida ko`rsatilgan prezumpsiyaga to`liq ishonish huquqiga
ega ekanligini tasdiqlaydi.
SHUNI E`TIBORGA OLISH KERAKKI,
OFERTANING TO`LIQ MAZMUNI YOKI UNING BIRONBIR QISMIGA NISBATAN ROZILIK
BILDIRMAGAN VA/YOKI USHBU OFERTANING BIRONBIR QOIDALARI MAZMUNIGA TUSHUNMAGAN
JISMONIY SHAXS «AVTOOLAM» PORTALIDAN FOYDALANISHNI BOSHLAMASLIGI KERAK.
Ofertaning joriy versiyasi
Servisning quyidagi veb-saytida joylashtirilgan: avto.prct.uz
I. Atamalar va izohlar:
Abonent raqami - uyali aloqa operatori
bilan uyali aloqa xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzgan,
foydalanuvchi hisobining identifikatori sifatida xizmat ko`rsatuvchi Servis
operatori hisobiga chiqadigan shaxsni aniq belgilaydigan foydalanuvchi uyali
aloqa operatori tarmog`iga ulangan paytda Foydalanuvchiga tayinlangan telefon
raqami. Ushbu oferta maqsadlari uchun "abonent raqami" va "mobil
aloqa operatori bilan mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi
shartnoma" atamalari bir ma`noga egadir.
Avtorizatsiya - foydalanuvchi
tomonidan kiritilgan autentifikatsiya ma`lumotlarini tahlil qilish va
taqqoslash bilan birga natijada Foydalanuvchining Servis xizmatlaridan
foydalanish huquqi mavjudligi aniqlash jarayoni. Avtorizatsiya Servis Operatori
tomonidan dasturiy-apparat vositalaridan foydalangan holda avtomatik tarzda
amalga oshiriladi.
Autentifikatsiya
ma`lumotlari - Abonentning yagona noyob raqami va Servisga kirish uchun ishlatiladigan
tasdiqlash Kodi. Autentifikatsiya ma`lumotlari Foydalanuvchi Servisda
ro`yxatdan o`tgan paytda Foydalanuvchiga beriladi.
Kirishni blokirovka qilish,
Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasiga kirishni blokirovka qilish, Xizmatdan
foydalanishni blokirovka qilish - Foydalanuvchi Servisdan foydalanish bo`yicha
xizmatlardan foydalana olmaydigan Servisning texnik sozlanishi. Blokirovka
ushbu ofertada ko`rsatilgan hollar va shartlarda, shu jumladan
Foydalanuvchining talabiga binoan, Servis operatori tomonidan amalga
oshiriladi.
Servisdan foydalanish
zonasi -
O`zbekiston Respublikasi.
Xizmatdan foydalanish – Foydalanuvchi
tomonidan Portal tarkibiga kirish uchun (keyingi o'rinlarda “Xizmatdan
foydalanish” deb yuritiladi) o'z Foydalanuvchi hisobini boshqarishga qaratilgan
har qanday harakatlarni amalga oshirishi. Xizmatdan foydalanish huquqini
berish. Foydalanuvchi tomonidan Xizmatdan foydalanishga faqat xizmat narxini
oldindan to'lash sharti bilan ruxsat etiladi.
Tasdiqlash kodi - Servis Operatori tomonidan
Foydalanuvchiga, u «AvtoOlam» portalida ro`yxatdan o`tishda ro`yxatga olishni
tasdiqlash uchun ko`rsatgan Foydalanuvchining abonent raqamiga SMS-xabar orqali
taqdim etiladigan raqamlarning noyob ketma-ketligi.
«AvtoOlam» portali - Foydalanuvchiga avtomobillar
va avtomobilsozlik sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan portalga kirishni
ta'minlashga qaratilgan xizmat ko'rsatuvchi operator tomonidan taqdim
etiladigan xizmat.
Servis operatori - Toshkent shahri joylashgan
"Prime Kontent" MChJ
Foydalanuvchi – haq evaziga obuna
bo`lish uchun O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq
tegishli huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqatiga ega bo`lgan,
ushbu oferta shartlarini aksept qilish orqali Xizmatlar ko`rsatish
to`g`risidagi shartnomani tuzishga qaratilgan konklyudent harakatlarni amalga
oshirgan va Servisdan foydalanish uchun autentifikatsiya ma`lumotlariga ega
bo`lgan jismoniy shaxs. Yuridik shaxs xizmatdan foydalanuvchi bo`la olmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasining
ro`yxatdan o`tkazilishi va undan keyingi Servisdan foydalanish faqat tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy maqsadlar uchun
amalga oshirilishi mumkin va faqat shunday hollarda yakka tartibdagi tadbirkor
Xizmatdan foydalanuvchi bo`lishi mumkin.
Foydalanuvchi maqomi - xizmat operatori
tomonidan avtomatik ravishda o`rnatiladigan xizmatdagi Foydalanuvchining
holatini belgilovchi parametr. Xizmatdan foydalanganlik uchun Servis Operatori
foydasiga to`lovlar, agar ushbu ofertada nazarda tutilgan bo`lsa, Faol
foydalanuvchi maqomini aniqlash maqsadida hisobga olinmasligi mumkin.
Faol foydalanuvchi maqomi - Foydalanuvchiga Servis
Operatori tomonidan Foydalanuvchi Servisga ulanganida va ketma-ket 366 (uch yuz
oltmish olti) kalendar kuni davomida kamida bir marta Servisdan
foydalanilganida, shuningdek, shu jumladan Servisdan foydalanishda amalga oshiriladigan
boshqa harakatlar, shu jumladan foydalanuvchining shaxsiy qaydnomasini
boshqarishga, xizmat operatoriga boshqa axborot so`rovlari (SMS) bilan murojaat
qilishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilishi hisobga olinmagan holda
belgilanadigan Foydalanuvchi maqomi.
Faol bo`lmagan foydalanuvchi
maqomi - xizmat operatori
tomonidan ketma-ket 1095 (bir ming to`qson besh) kalendar kun davomida
xizmatdan foydalanmay kelayotgan Foydalanuvchiga o`rnatiladigan foydalanuvchi
maqomidir. Faol bo`lmagan foydalanuvchi maqomi Foydalanuvchiga quyidagi
holatlardan birida beriladi: (i) xizmatdan oxirgi foydalanish kunidan boshlab
1095 (bir ming to`qson besh) kalendar kun o`tganidan keyin; (ii) aloqa
operatorining abonentni faol bo`lmagan foydalanuvchi maqomiga o`tkazish talabiga
binoan; (iii) Servis operatoriga Foydalanuvchi tomonidan xizmatni o`chirish
kodi SMS orqali yuborilganida.
Taraflar –Servis Operatori va
Foydalanuvchi.
Tariflar - Servis Operatori
tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar, Servis Operatori tomonidan o`rnatilgan va
Servisning WEB-saytida joylashtiriladigan Servis Operatorining komissiyalari
tizimi. Tariflar shartnomaning bir qismidir.
Foydalanuvchi shaxsiy
qaydnomasi - Servis
operatorining analitik hisobidagi qaydnomasi. Foydalanuvchi shaxsiy
qaydnomasining identifikatori Servis Operatorining hisobida Foydalanuvchining
abonent raqami hisoblanadi.
SMS-xabarnoma – Servis Operatorining
Foydalanuvchiga yangi mahsulotlar, yangilanishlar, shuningdek, xizmatdagi turli
o`zgarishlar haqida abonentni xabardor qilgan holda SMS-xabarlarni yuborish
xizmati.
SMS tasdiqlash xizmati - bu Servis doyrasidagi
qo`shimcha xizmatlarning ulanganligini/o`chirilganligini tasdiqlash uchun
Servis Operatorining Foydalanuvchiga SMS-xabarlarni yuborish xizmati.
Servisning WEB-sayti - ATT Internetda,
quyidagi manzilda joylashtirilgan: avto.prct.uz
Agar ushbu Oferta matnida
biron bir atamaning aniq ta`rifi mavjud bo`lmasa, Foydalanuvchi birinchi
navbatda Servisning veb-saytida keltirilgan izohlarga rioya qilish
majburiyatini oladi.
II. Shartnoma Predmeti.
2.1. Ushbu ofertada nazarda
tutilgan konklyudent harakatlarni amalga oshirish orqali Foydalanuvchi
tomonidan ushbu Ofertani qabul qilish yo`li bilan tuziladigan Shartnoma
predmeti Servis Operatori tomonidan Foydalanuvchiga «AvtoOlam» portali
Servisidan foydalanish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishdan iborat.
2.2. Servis Operatori ushbu
Oferta shartlariga muvofiq tarzda tuziladigan Shartnoma bo`yicha Servis
xizmatini tegishli ravishda ko`rsatishi uchun, Foydalanuvchi Servis Operatori
ushbu Ofertaning 2.1. bandida ko`zda tutilgan majburiyatlarini bajarishidan
oldin ushbu Ofertaning III - bo`limida ko`rsatilgan Oferta akseptini amalga
oshirishni o`z zimmasiga oladi.
III. Aksept Tartibi.
3.1. Ushbu Oferta shartlariga
muvofiq tarzda Shartnoma tuzish uchun foydalanuvchi uning to`liq va so`zsiz
akseptini amalga oshirish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
Ofertaning akseptini amalga
oshirish va Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini Servis ro`yxatidan o`tkazish
uchun Foydalanuvchi uyali aloqa xizmatlarini taqdim etadigan uyali aloqa
operatori bilan Foydalanuvchi nomidan rasmiylashtirilgan amaldagi shartnomaga
ega bo`lishi shart. Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish to`g`risidagi bunday
shartnomaning shartlari foydalanuvchiga Abonent raqamidan foydalangan holda
ovozli qo`ng`iroqlarni qabul qilish va, shuningdek SMS va USSD xabarlarni qabul
qilish va yuborish imkoniyatini ta`minlashi kerak. Quyidagilar bajarilgan
paytidan boshlab Aksept Servis Operatori tomonidan qabul qilingan deb
hisoblanadi: «AvtoOlam» portalining veb-saytida tasdiqlash kodini kiritilishi,
qabul qilish (obuna) bo`limidagi "Yuborish" tugmachasini bosilishi va
Operator Servisiga obuna bo`lganligi haqida Foydalanuvchiga ma`lumotli SMS
borishi.
3.2. Ushbu Ofertani qabul
qilishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan holda, foydalanuvchi ushbu
Oferta shartlarini qabul qiladi, shuningdek «AvtoOlam» portalidan foydalanish
bo`yicha Ommaviy oferta shartlarini to`liq va istisnosiz qabul qiladi.
3.3. Ushbu Ofertaning 3.1.
bandida ko`zda tutilgan harakatlarni bajarilishi natijasida, foydalanuvchiga
Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi taqdim etiladi; Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi
foydalanuvchiga taqdim etilgan paytdan boshlab, u xizmatlardan foydalanish
huquqiga ega bo`ladi.
3.4. Foydalanuvchi Servis
ro`yxatidan foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini o`tkazish bo`yicha yuqorida
ko`rsatilgan barcha harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab foydalanuvchi
ushbu Ofertada, Servis operatorining boshqa ichki hujjatlarida va Servisning
veb-saytida ko`rsatilgan tartibda va shartlarda Servisdan foydalanish haqiga
ega bo`ladi.
3.5. Servis Operatori
sabablarni qo`shimcha izohlamasdan ushbu Oferta shartlari bo`yicha
Foydalanuvchi bilan shartnomani tuzishdan bosh tortish huquqini o`zida saqlab
qoladi.
IV. Servisdan foydalanish
tartibi, shartlari va narxi.
4.1. Foydalanuvchi shaxsiy
qaydnomasi ro`yxatdan o`tkazilganidan so`ng foydalanuvchi xizmatdan foydalanish
huquqiga ega bo`ladi.
4.2. Xizmatdan foydalanish
uchun, foydalanuvchi kunlik abonent to`lovini 1000 So`m kuniga QQS bilan
miqdorida to`laydi .
4.3. Servis Operatori ushbu
Ofertada ko`zda tutilgan aniq harakatlarni bajarish orqali Foydalanuvchi
tomonidan ushbu Ofertani qabul qilinishi natijasida tuzilgan Shartnoma bo`yicha
Tomonlarning o`zaro huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi,
o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi elektron hisob registriga qayd etish
majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
4.4. Foydalanuvchi va uyali
aloqa operatori o`rtasida tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish
to`g`risidagi shartnoma Foydalanuvchining foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini
Servis ro`yxatidan o`tkazishda Foydalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan abonent
raqami bekor qilingan taqdirda, Foydalanuvchi yuqorida ko`rsatilgan abonent
raqamini o`z ichiga olgan autentifikatsiya ma`lumotlari yordamida xizmatdan
foydalanishni to`xtatishi va XXXX qisqa raqamiga STOP AVTO kodini yuborib
Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertani qabul qilish yo`li bilan tuzilgan
shartnomani bekor qilishi shart.
V. Foydalanuvchining Huquq va
Majburiyatlari.
5.1. Foydalanuvchi ushbu
Ofertada nazarda tutilgan tartib va shartlarda Servisdan to`liq hajmda
foydalanish huquqiga ega. Servis operatorining barcha xizmatlarining batafsil
tavsifi Servisning veb-saytida doimiy ravishda mavjud.
5.2. Foydalanuvchi o`z
ixtiyori bilan o`z autentifikatsiya ma`lumotlarini qo`llagan holda xizmatdan
foydalanish huquqiga ega. Servisdan foydalanish Servis veb-saytining har qanday
elementlarini takrorlamaslik, sotmaslik, ulardan nusxa olmaslik, shunungdek har
qanday tijorat maqsadlarida foydalanmaslik majburiyatlari bilan cheklanadi, shu
jumladan, Foydalanuvchining ushbu bandda ko`rsatilgan maqsadlar uchun uchinchi
shaxslarga Servisdan foydalanish imkoniyatini bermaslik.
5.3. Foydalanuvchining
Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi ro`yxatdan o`tkazilganidan keyin Servisdan
foydalanish huquqi eksklyuziv bo`ladi va boshqa shaxslarga o`tkazilmaydi. Agar
foydalanuvchi o`zining Autentifikatsiya ma`lumotlarini uchinchi shaxslarga ma`lum
qilgan bo`lsa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanayotgan uchinchi shaxslar
tomonidan sodir etilgan harakatlar uchun, shuningdek uchinchi shaxslar
tomonidan Servisga, Servis operatoriga va Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasiga
yetkazilgan zarar uchun to`liq javobgar bo`ladi.
5.4. Foydalanuvchi istalgan
vaqtida mustaqil ravishda XXXX qisqa raqamiga STOP AVTO kodini yuborish orgali
Servisdan foydalanishni bekor qilish va rad etish huquqiga ega.
5.5. Foydalanuvchi o`zining
Autentifikatsiya ma`lumotlarini, foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi ulangan
abonent raqami bilan sim-kartani, shuningdek ushbu sim-karta o`rnatilgan uyali
telefonni uchinchi shaxslar qo`lga kiritolmaydigan joyda saqlashi shart.
5.5.1. Xizmat operatori
autentifikatsiya ma`lumotlari yordamida Servis orqali foydalanuvchi shaxsiy
qaydnomasiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`lmaydi.
5.5.2. Foydalanuvchi o‘z
qurilmasidan (smartfon/planshet/PC) Operatorning SIM-kartasi orqali mobil
internet tarqatayotgan Wi-FI nuqtasi (modem/router)ga ulanganida, Foydalanuvchiga
marshrutizator (modem/router)dan IP-manzil biriktiriladi.
Foydalanuvchi Operatorning SIM-kartasi bilan marshrutizator orqali internetdan
foydalansa, xizmat marshrutizatorda o‘rnatilgan telefon raqamida yoqiladi.
5.6. Ushbu Oferta shartlari
asosida Shartnoma tuzish orqali foydalanuvchi O`zbekiston Respublikasining
02.07.2019 yildagi O`RQ-547-sonli "Shaxsga doir ma`lumotlar
to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq, o`z xohishiga ko`ra va o`z manfaatlari
uchun Servis Operatori tomonidan, abonent raqami, Servisdan foydalanish uchun
yechilish summasi kabi uning shaxsiy ma`lumotlari bilan ishlashga rozilik
beradi. Shaxsiy ma`lumotlar bilan ishlashga rozilikni bekor qilish
Foydalanuvchi tomonidan Servis Operatori xodimiga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni
taqdim etilganidan so`ng amalga oshiriladi.
5.7. Ushbu Oferta shartlariga
muvofiq tarzda Shartnoma tuzish orqali, Foydalanuvchi o`zining xizmatlarini
taqdim etuvchi uyali aloqa operatori bilan uyali aloqa xizmatlarini taqdim
etish to`g`risidagi amaldagi shartnomaga ega ekanligini va Foydalanuvchi
nomidan ro`yxatdan o`tishda Foydalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan Abonent
raqamidan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi va Servis
Operatorining birinchi so`roviga binoan Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini
boshqarish huquqiga ega ekanligini tasdiqlash uchun ko`rsatilgan shartnomani
taqdim etishga rozilik bildiradi.
5.8. Ushbu Oferta shartlariga
muvofiq tarzda Shartnoma tuzish orqali Foydalanuvchi Servis Operatoriga ovozli
qo`ng`iroqlarni amalga oshirish huquqini beradi, shu jumladan, Servis
Operatoridan (yoki u orqali shu maqsadda jalb qilingan uchinchi shaxs
tomonidan) telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Uyali aloqa operatorining
telekommunikatsiya tarmoqlari orqali, shuningdek (lekin shu bilan cheklanmagan
holda) Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy qaydnomasini ro`yxatdan o`tkazish
paytida ko`rsatilgan Abonent raqamiga ma`lumotli SMS-xabarlarini olishga
rozilik beradi.
VI. Maxfiylik va xavfsizlik.
6.1. Taraflar Servis orqali
almashilgan yoki Servisdan foydalanish sababli taraflarga ma`lum bo`lgan
ma`lumotlarning xavfsizligi va himoyasi uchun barcha zarur choralarni ko`rish
majburiyatini o`z zimmalariga oladilar.
6.2. Foydalanuvchi maxfiylikni
saqlash, maxfiy ma`lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish va
autentifikatsiya ma`lumotlarini uchinchi shaxslarga ruxsatsiz ma`lum
bo`lishidan himoya qilish bo`yicha barcha zarur choralarni mustaqil ravishda
qabul qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
6.3. Servis Operatori
Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlari, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan
Servisdan foydalanish munosabati bilan Servis Operatoriga ma`lum bo`lgan
Foydalanuvchi haqidagi boshqa ma`lumotlarga nisbatan maxfiylikka rioya qilish
majburiyatini o`z zimmasiga oladi, bundan quyidagi hollar mustasno:
• bunday ma`lumotlar ommaga
ma`lum bo`lsa;
• ma`lumotlar
Foydalanuvchining ruxsati yoki talabi bo`yicha oshkor etilsa;
• axborot foydalanuvchi
kontragentlariga ushbu Oferta shartlari asosida tuzilgan Shartnoma shartlarini
bajarish uchun zarur bo`lgan hajmda taqdim etilishi lozim bo`lsa;
• axborot qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan asoslar bo`yicha, shubhali bitimlar asosida yoki sud/vakolatli
davlat organlarining tegishli so`rovlari kelib tushgan taqdirda oshkor etilishi
talab qilingan bo`lsa.
6.4. Servis Operatori
Servisdan foydalanishni blokirovka qilish va / yoki Foydalanuvchi Servisdan
foydalanishini rad etish huquqini o`zida saqlab qoladi, shu jumladan
Foydalanuvchi harakatlarining qonuniyligiga shubha tug`ilganda.
6.5. Foydalanuvchi Servisdan
tizimli foydaga yo`naltirilgan operatsiyalarni amalga oshirish uchun
foydalanishga haqli emas.
6.6. Servis Operatori
Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlarining maxfiyligini doimiy ravishda kuzatib
borish majburiyatini oladi. Servis Operatori Foydalanuvchining aniqlaydigan
ma`lumotlarinidan foydalanmaslikni yoki ularni oshkor etmaslikni o`z zimmasiga
oladi.
6.7. Servis Operatori istalgan
vaqtda Foydalanuvchiga qo`shimcha manzilli xabar bermasdan Servisdan
foydalanish uchun qo`shimcha xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va amalga
oshirishga haqlidir. Bunday qo`shimcha xavfsizlik choralarini joriy etish va
bunday chora-tadbirlar joriy etilishi munosabati bilan foydalanuvchilarning
xatti-harakatlari haqida Servis Operatori (agar iloji bo`lsa) Servisning
veb-saytida xabarnomani joylashtiradi.
6.8. Servis Operatori,
O`zbekiston Respublikasi qonunlarida va ushbu Oferta bilan belgilangan
holatlarda, Foydalanuvchining hisobidan mablag `yechib olish huquqiga ega.
6.9. Ushbu Oferta shartlari
bo`yicha Shartnoma tuzish orqali, Foydalanuvchi Servis Operatoriga
Foydalanuvchining qo`shimcha buyrug`isiz (roziligisiz) Foydalanuvchining
balansidan Shartnomada va Tariflarda ko`zda tutilgan Foydalanuvchi tomonidan
Servis Operatoriga to`lanadigan obuna to`lovi miqdorini ushlab qolish huquqini
beradi.
6.10. Servis Operatori
Foydalanuvchi tomonidan kunlik abonent to`lovi to`lanmagan taqdirda
Foydalanuvchining shaxsiy qaydnomasini blokirovka qilishga haqlidir.
VII. Nizolarning hal
qilinishi.
7.1. Servis Operatori
Foydalanuvchining barcha kelib tushgan yozma murojaatlarini, shu jumladan,
taraflar ushbu Oferta shartlarida tuzilgan Shartnoma bo`yicha o`z
majburiyatlarini bajarish doirasida «AvtoOlam» portalidan foydalanish bilan
bog`liq nizolar yuzaga kelganda tegishli murojaat kelib tushgan kundan boshlab
15 (o`n besh) kun muddatda ko`rib chiqadi.
7.2. Taraflarning kelishuviga
erishish imkoni bo`lmagan taqdirda, nizolar O`zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.
7.3. Taraflarning hech biri
ushbu Shartnoma bo`yicha o`z huquq va majburiyatlarini boshqa Taraflarning
yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga o`tkazishi mumkin emas.
VIII. Boshqa shartlar.
8.1. Servis Operatori va
Foydalanuvchi o`rtasida ushbu Oferta shartlarida tuzilgan shartnoma,
O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
8.1.1. Ofertaga o`zgartirish
va qo`shimchalar Shartnomaning 8.1.1.1 - 8.1.1.4. bandlarida ko`zda tutilgan
tartibda Taraflarning kelishuvi bo`yicha kiritiladi.
8.1.1.1. Servis Operatori
Foydalanuvchini Ofertaga kiritilgan o`zgartirishlar va/yoki qo`shimchalar
to`g`risida ularni kuchga kirishidan kamida 3 (uch) kun oldin Servisning
veb-saytiga joylashtirish orqali xabardor qiladi.
8.1.1.2. Ushbu Ofertaning
8.1.1.1. Bandiga binoan, Servis Operatori tomonidan o`zgarishlar/qo`shimchalar
joylashtirilgan kundan boshlab 3 (uch) kalendar kuni ichida Foydalanuvchi
Servis Operatori tomonidan Shartnomaga kiritilishi taklif qilingan
o`zgartirishlar va/yoki qo`shimchalarga yuzasidan rozilik (qabul qilish)
bildirish yoki Servisning veb-saytida ko`rsatilgan kontaktlardan foydalangan
holda Servis Operatori tomonidan taklif qilingan o`zgartirishlar va/yoki qo`shimchalar
bo`yicha asoslangan rad javibiniyuborish huquqiga ega.
8.1.1.3. Foydalanuvchi
tomonidan Servis Operatorining taklifini (Ofertasini) qabul qilishini
ta`minlash maqsadida Shartnomaning 8.1.1.1. Bandiga muvofiq, Foydalanuvchi 5
(besh) kun ichida kamida bir marta Ofertaning o`zgarishi va qo`shimchalari
to`g`risidagi ma`lumot uchun Servis veb-saytiga murojaat qilish majburiyatini
o`z zimmasiga oladi. Servis Operatori Foydalanuvchining Ofertaga kiritilgan
o`zgartirish va qo`shimchalar bilan tanishishning imkoni yo`qligi uchun
javobgar bo`lmaydi.
8.1.1.4. Oferta va tegishli
Shartnoma o`zgartirilgan oferta loyihasi Servisning veb-saytida joylashtirilgan
vaqtdan boshlab 3 (uch) kun o`tgach, tomonlarning kelishuvi bo`yicha
o`zgartirilgan hisoblanadi.
8.2. Foydalanuvchi Shartnomaning barcha shartlari unga
tushunarli ekanligini kafolatlaydi, shuningdek Foydalanuvchi shartlarni so`zsiz
va to`liq qabul qiladi.
8.3. Foydalanuvchi ushbu Ofertada va Servisning
veb-saytida ko`rsatilganidan tashqari boshqa maqsadlarda Servisdan
foydalanmasligini kafolatlaydi.
8.4. Ushbu Oferta shartlarida tuziladigan Shartnoma
tili, shuningdek taraflarning har qanday o`zaro munosabatlarida
foydalaniladigan til (shu jumladan yozishmalarni yuritish, talablar /
bildirishnomalar / tushuntirishlar berish, hujjatlar taqdim etish va h. k.)
sifatida taraflarlar rus va o`zbek tillarini aniqlashdi.
8.5. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Oferta shartlari
buzilgan taqdirda Servis operatorining harakatsizligi Servis Operatorini o`z
manfaatlarini keyinchalik himoya qilish huquqidan mahrum qilmaydi, shuningdek
Foydalanuvchi tomonidan kelajakda bunday yoki shunga o`xshash qoidabuzarliklar
sodir etilgan taqdirda Servis operatorining o`z huquqlaridan voz kechishini
bildirmaydi.
8.6. Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertada
nazarda tutilgan Servis ro`yxatidan Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini
o`tkazishga qaratilgan harakatlar sodir etilgan paytdan boshlab ushbu Oferta
shartlarida tuzilgan hisoblanadi.
8.7. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertani qabul
qilish yo`li bilan tuzilgan Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan STOP AVTO kodini
XXXX raqamiga sms orqali yuborish yoki xizmat ko`rsatish operatorining
call-markaziga (71) 200 XXXXX raqami orqali murojaat qilish yo`li bilan bekor
qilinishi mumkin.
8.8. Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi faol bo`lmagan
foydalanuvchi maqomiga yetganidan keyin Ushbu Oferta shartlarida tuzilgan
Shartnoma bo`yicha Servis Operatorining majburiyatlari bekor deb hisoblanadi,
shu bilan birga, Shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.